Xizmatga qabul qilish bo'yicha tanlov e'lon qilinadi
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son hamda 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son qarorlari talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga serjantlik lavozimlariga o‘tkaziladi.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turishi;
- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmasligi;
- Erkaklar muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi (zaxiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi);
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.
Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetida Toshkent shahar ichki ishlar organlarining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
- Yo‘l-patrul faoliyati (bo‘y erkaklar 175sm / ayollar 170sm);
- Pasport tizimini ta’minlash faoliyati (bo‘y erkaklar 165 sm / ayollar 160 sm);
Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga serjantlik lavozimlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan 2025 yilning 07 avgust kuniga qadar (soat 09:00 dan 17:00 gacha) Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markaziga (Toshkent shahar, Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasi, 7-uy) quyidagi hujjatlar bilan kelishlari so‘raladi:
- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;
- harbiy guvohnoma (erkaklar uchun);
- oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom).
Eslatma: belgilangan kunlardan keyin murojaat etgan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi.