6 Fevral 2025 Yil 295

Hisobot – tahlil – samara

Poytaxtimizda tinchlik-osoyishtalikni ta'minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida mahallalarda mahalla yettiligi, faollari hamda keng jamoatchilik bilan chambarchas aloqa bog‘lab, hamkorlikda faoliyat yuritib kelayotgan profilaktika inspektorlarining o‘rni muhim. Mazkur xizmat xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirgan ishlari, chora-tadbirlari haqida tuman IIO FMB rahbariyati, mahalla faollari, fuqarolari va mutasaddi idoralarga hisobot berishlarining yo‘lga qo‘yilgani e'tirofga sazovordir. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda poytaxt Mirobod tumani IIO FMB 4-son IIB “Yuksalish” mahallasi katta inspektori, mayor X.Sharipovning yillik hisoboti tinglandi. Unda tuman IIO FMB boshlig‘ining Huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Mirzaev, 4-son IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.Ahmedov, mahalla yettiligi, faollari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Ma'ruzachi o‘tgan 2024 yil davomida hududda jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirgan ishlari, sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning tahlili bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Shu bilan birga hamkorlikda mahalla hududida tinchlik-osoyishtalikni ta'minlash, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil shaxslarni barvaqt aniqlash va jinoyatlarga chek qo‘yish bo‘yicha 2025 yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasiga to‘xtaldi.

Xuddi shunday hisobot yig‘ilishida tumanning 2-son IIB “Abdulla Avloniy” mahalla profilaktika katta inspektori, mayor A.Rejamatov tomonidan amalga oshirilgan ishlar tinglandi. Mazkur yig‘ilishda tuman IIO FMB boshlig‘ining Huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Mirzaev, 2-son IIB boshlig‘i, podpolkovnik B.Adilov, Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” xizmati Mirobod tuman bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik R.Islamov, mahalla yettiligi, faollari hamda mutasaddi korxona-tashkilotlar rahbarlari qatnashdilar. Mayor A.Rejamatov yig‘ilganlarni o‘ziga biriktirilgan hududda mahalla faollari, mahalla yettiligi hamda hamkor korxona-tashkilotlar bilan jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar barobarida, sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning tahlili bo‘yicha axborot berdi.
Har ikki yig‘ilishda so‘zga chiqqan podpolkovnik Sh.Mirzaev profilaktika inspektorlarining hisobotlarini tinglar ekan, ayrim yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga e'tibor qaratib, kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholining kengroq qatlamlari bilan manzilli tushuntirish-ogohlantirish, profilaktik tadbirlar o‘tkazish lozimligini ta'kidladi. Shuningdek. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda Respublika mahallalarida havfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarorining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, unda belgilangan bandlarga e'tibor qaratish, qaror ijrosini ta'minlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga e'tibor qaratdi. Bu kabi hisobot tadbirlari poytaxtimizning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: