6 Avgust 2025 Yil 370

“Xavfsiz oila” tadbirining ikkinchi bosqichi yakunlandi

Prezidentimiz tomonidan respublikamiz mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash orqali oldini olish tizimi samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida qabul qilgan qarorining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, Toshkent shahar IIBB tomonidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Qaror ijrosini samarali ta’minlash maqsadida tegishli huquq-tartibot va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida qabul qilingan qo‘shma qarorlarda poytaxt hududida yashovchi alohida toifadagi oilalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi keng qamrovli insonparvarlik tamoyillari ko‘zda tutilgan. Shunday maqsadli tadbirlarning biri: Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Xavfsiz oila” tadbiridir. Tadbirning birinchi bosqichiga joriy yilning 1 mayida start berilgan edi. Ushbu jarayonga 15 ta nizoli oila hamda ularning 25 nafar voyaga yetmagan farzandlari jalb qilinib, ular bilan keng qamrovli ma’naviy-madaniy, ruhiy mashg‘ulotlar olib borilgandi. Tadbirning ikkinchi bosqichida esa 14 ta nizoli oilalar va ularning 20 nafar voyaga yetmagan farzandlari jalb qilindi. Ota-onalar va farzandlari bilan chuqurlashtirilgan psixodiagnostik o‘rganishlar olib borilib, psixologik portretlari shakllantirilgan hamda individual tarzda mashg‘ulotlar olib borildi. Shu bilan birga ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilib, har ikki bosqich ishtirokchilarining shahar teleminorasi, hayvonot bog‘i, IIBB Otliq otryadi, Toshkent politexnika muzeyi qoshidagi robotlar ko‘rgazmasi, Chilonzor tumanida joylashgan “Magic city”, Olmazor tumanidagi “G‘alaba” bog‘lariga tashriflari uyushtirildi. Mazkur oilalarning yashash sharoitlarini o‘rganish natijasida 2 ta oilaning uylarini ta’mirlash va obodonlashtirish choralari ko‘rildi.

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda oilaning o‘rni va ta’sirini inobatga olib shahar bo‘yicha “Xavfsiz oila” tadbirlarini o‘tkazish borasida hokimiyat hamkorligida qabul qilingan qarorga asosan, ijtimoiy va huquqiy yordamga muhtoj deb topilgan 1 215 ta oilalar aniqlanib, boshqarma, tashkilot rahbarlari, tumanlar hokimliklariga biriktirildi. Bugungi kunda Toshkent shahar va tuman ichki ishlar organlarida “Xavfsiz oila” shtablari tashkil qilingan bo‘lib, mutasaddi tashkilotlar mas’ullari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘z vaqtida aholi murojaatlari, oilalar muammolari bilan ishlash borasida telegram guruhlari tuzilgan hamda 365 nafar rahbar va xodimlar ulangan. Bu kabi oilalarni jipslashtirish, to‘g‘ri hayotga yo‘llash, farzandlar baxtli kelajagini yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlar izchil davom ettirilaveradi.

Barcha yangiliklar

Text to speech