5 Fevral 2026 Yil 934

Xavfsiz muhit — ustuvor vazifa

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Uchtepa tumanida xavfsiz muhitni yaratish maqsadida “Poytaxt namunasi” tizimi joriy etildi hamda tuman Ichki ishlar organlari faoliyati uch bosqichli xizmat tartibiga o‘tkazildi.

Uchtepa tumanidagi Seul Eko bog‘i oldida tuman IIO FMBning tungi xizmatga jalb etilgan shaxsiy tarkibi uchun tuman hokimi B. Mamadjаnov, tuman prokurori S. Muxtarov va tuman IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik A. Baxramovlar ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Tungi yo‘riqnoma davomida jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda kriminogen vaziyat barqarorligini saqlash yo‘lida faol ishtirok etgan xodimlar munosib rag‘batlantirildi.

Xususan, juda ko‘p miqdordagi zahri qotil giyohvandlik vositalarining tarqatilishini oldini olganligi uchun Uchtepa tuman IIO FMB tezkor xodimi N. Juraevga xizmatda foydalanish uchun Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan “Damas” avtomashinasi, tuman hokimi tomonidan televizor topshirildi.

Shuningdek, profilaktika inspektorlari — leytenant Sh. Mirzaev va leytenant A. Ibrohimovlarga tuman IIO FMB boshlig‘ining qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

Bundan tashqari, tuman IIO FMB tezkor boshqaruv markazi haydovchisiga ham xizmatda foydalanish uchun Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan “Damas” avtomashinasi topshirildi.

Bunday e’tibor va rag‘batlantirishlar xodimlarning o‘z kasbiga sidqidildan yondashishiga, xizmat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

© Uchtepa tumani hokimligi Matbuot xizmati | Rasmiy kanali

Barcha yangiliklar

Text to speech