7 Iyun 2024 Yil 1340

Har bir fuqaro murojaati eʼtiborda

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida murojaatlar to‘liq nazoratga olinishi, zarur bo‘lganda joylarga chiqib o‘rganilishi va davlat idoralarining eshiklari ular uchun doim ochiqligi taʼminlanmoqda.

O‘z navbatida, Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan tumanlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ijrosiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Kuni kecha poytaxt IIBB rahbariyati va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va masʼul xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtning Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod tumanlari aholisi ishtirokida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi. Mazkur qabullarda Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan 58 fuqaroning murojaatlari, taklif va eʼtirozlari tinglandi. Ularning 3 nafari qilingan murojaatlari yuzasidan ko‘rilgan choralar bo‘yicha minnatdorlik bildirishgan bo‘lsa, 2 nafari ishga joylashtirish, 2 nafari tadbirkorlik sohasi bo‘yicha shug‘ullanish borasida, 2 nafari uy-joy masalasida yana 2 nafari pasport almashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.

Shuningdek, 44 ta murojaatning 37 tasi tergovga qadar tekshiruv va tergov jarayoniga oid, 7 tasi ichki ishlar safiga qabul qilish, boshqa viloyatda ishni davom ettirish kabi savollar bilan bog‘liq bo‘lganligi bois ularni o‘rganib chiqib, natijasi haqida fuqarolarni xabardor etish belgilandi. Murojaatlarning 16 tasi bevosita joyida hal etilgan bo‘lsa, 30 tasi qo‘shimcha o‘rganishlar talab qilganligi sababli, ijrosi nazoratga olindi.


Bu kabi ommaviy qabullar poytaxtimizning tumanlarida davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech