14 Mart 2025 Yil 164

Haftalik ish natijalari

Poytaxtning Yunusobod tumani IIO FMBda haftaning 13 mart payshanbasi sohaviy xizmatlar va profilaktika kuni munosabati bilan tadbirga jalb etilgan tegishli tashkilot mas'ullari ishtirokidagi tonggi yo‘riqnoma bilan boshlandi. Yo‘riqnomada shu yilning yanvarida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan qarorning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘lamiga to‘xtalib, aniq va manzilli tadbirlar belgilandi. Tegishli yo‘l-yo‘riqlarni olgan xodimlar ishga kirishdilar. Profilaktika inspektorlari tomonidan probasiya hisobidagi muqaddam sudlanganlar, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan, nizoli hamda oila-turmush doirasida huquqbuzarliklar va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan 135 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Ulardan ishlash ishtiyoqini bildirgan 2 nafari ishga joylashtirildi, bir nafariga pasport olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Maishiy-ijtimoiy muammolari bo‘yicha murojaat qilgan 35 nafariga huquqiy yo‘nalish va tavsiyalar berildi. Tuman IIO FMB sohaviy xizmat xodimlari, mahalla yettiligi, faollari va mas'ullar ishtirokida “Husnobod” mahallasida sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati, “Uch qahramon” mahallasida sodir etilgan bezorilik jinoyatlari muhokama qilindi.

Hududiy profilaktika inspektorlari tomonidan hududlarda olib borilayotgan qurilish ob'ektlarida ishlayotgan ishchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida, ma'muriyat va ishchilar bilan profilaktik-tushuntirish ishlari olib borildi. Tuman IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari tibbiyot xodimlari hamkorligida tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan 4 nafar ayollarning salomatligini ko‘rikdan o‘tkazib, davolanish uchun ularga imtiyozli yo‘llanmalar ajratilishiga erishishdi. Shuningdek, ajrim yoqasida turgan 4 oila bilan olib borilgan suhbat va tushuntirishlar natijasida ikki oila saqlab qolindi yana ikki nafar oilaning shart-sharoitlari bo‘yicha tegishli idoralarga ma'lum qilindi. Mas'ullar “Yangitarnov” mahallasida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi A.Buxaysha xonadonidagi vaziyatni o‘rganib chiqib, ayolga tibbiy yordam hamda maslahat va tavsiyalar berishdi. Maktabgacha va maktab ta'limi tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda “Sevinch” mahallasida joylashgan 250-umumta'lim maktabi ma'muriyati bilan o‘quvchilar o‘rtasida giyohvand moddalarining aylanishi, internet tarmoqlaridagi yot g‘oyalar, jinoyatga undovchi da'vatlarga qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Bu kabi tadbirlar poytaxtimizning barcha tumanlarida amalga oshirib kelinmoqda.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: