2 Fevral 2024 Yil 951

Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish” oyligi eʼlon qilingan. Yoshlar o‘rtasida bu illatga keskin va murosasiz kurash olib borish maqsadida qator tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumtaʼlim maktabida tuman IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari va boshqa mutasaddilar ishtirokida shunday tadbirlardan biri o‘tkazildi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan podpolkovnik Akmal Baxramov o‘smirlarga giyohvandlikning salbiy unsurligi, sog‘liq uchun zararlari, huquqiy oqibati haqida tushuntirish berdi.

Shuningdek maktab o‘quvchilari orasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida rasm ko‘rik tanlovlari o‘tkazilib, g‘oliblar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar poytaxtimizning barcha taʼlim muassasalarida o‘tkazib kelinmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech