27 Sentyabr 2024 Yil 1365

Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida yoshlar bilan uchrashuv

Kuni kecha Mirobod tumani IIO FMB tashabbusi bilan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi doirasida Toshkent davlat transport universitetida "Psixotrop va giyohvandlik vositalarining yosh avlodga salbiy taʼsiri” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tarqatish bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mutaxassislar bunday moddalarni isteʼmol qilish oqibatlari va ularning salomatlikka hamda jamiyatga salbiy taʼsir qilishini tushunib yetishlari muhimligini taʼkidladilar.

Tadbir so‘ngida mavzu yuzasidan videorolik namoyish etildi, bu esa o‘quvchilarga ushbu muammoning jiddiyligini yana-da chuqurroq tushunish imkonini berdi.

Tadbir tashkilotchilari bunday tashabbuslar yoshlar o‘rtasida ogohlikni oshirishga, ularda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan barqaror salbiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi, degan umidni bildirishi.

Barcha yangiliklar

Text to speech