7 Oktyabr 2024 Yil 668

Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida Mirobod tumanida olib borayotgan ishlari to‘g‘risida

Joriy yilning 20 sentyabridan 20 oktyabriga qadar Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi deb eʼlon qilindi. Uning doirasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan taʼlim muassasalarida, tashkilotlarda va mahallalarda profilaktik-tushuntirish tadbirlari, uchrashuvlar, davra suhbatlari davom ettirilmoqda.

Mirobod tumanidagi 125 hamda 213-umumtaʼlim maktablarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda tuman IIO FMB xodimlari yuqori sinf o‘quvchilariga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish nimalarga olib kelishini misollar bilan tushuntirib berdilar. Giyohvandlik - yosh avlodni barbod qiluvchi, taqdirlarni sindiruvchi, jar yoqasiga, o‘limga olib boruvchi illat ekanligini taʼkidladilar. Ishtirokchilar kerakli maʼlumotlarni olib, o‘zlari uchun tegishli xulosalar chiqarishdi.

Tadbirlar davomida o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, savollar bilan murojaat qilishdi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech