26 Fevral 2024 Yil 1483

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Poytaxtda giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishida Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar davom etmoqda. Natijada giyohvandlikni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi bir qator shaxslar ushlangan va ularning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yilgan. Jumladan,

Joriy yilning 4 fevral kuni taxminan soat 22.00 larda Yangihayot tumanida o‘zini shubhali tutgan 1987 yilda tug‘ilgan Musayev Miraziz Mirjamolovich to‘xtatilib xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 16 dona o‘ramdagi, umumiy og‘irligi 16,13 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlangan. Ushbu giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan va tegishli hujjatlar bilan tergovga taqdim etilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning 7 fevral kuni tungi soat 22.30 larda Mirobod tumanida o‘zini shubhali tutgan fuqarolar 2002 yilda tug‘ilgan Fayzullayev Alisher O‘ktamovich va 2005 yilda tug‘ilgan Muxammadov Firdavs Firuz o‘g‘li to‘xtatilib xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 3 dona o‘ramdagi, umumiy og‘irligi 1,39 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi boriligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Tekshiruv jarayonida ushbu fuqarolar Mirobod tumanidagi bir nechta joylarga giyohvandlik vositalarini yashirishganligini maʼlum qilishgan. Ushbu yashirilgan giyohvandlik vositalarining joylari aniqlanib, 6 ta o‘ramdagi “gashish” giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.  

Shuningdek, joriy yilning 8 fevral kuni taxminan soat 10.00 larda Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘zini shubhali tutgan 1998 yilda tug‘ilgan Vatanabe Mixail Ruslanovich to‘xtatilib xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 5 dona o‘ramdagi, umumiy og‘irligi 4,02 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Yuqorida qayd etilgan barcha holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda, tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslarning noqonuniy giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganligi, giyohvandlik vositalarini yashirganligi yoki boshqa jinoyatlarga aloqadorligi haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud yaqin oradagi IIBga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.


Barcha yangiliklar

Text to speech