1 Oktyabr 2023 Yil 633

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatovning 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi

Aziz ustozlar, mehribon murabbiylar!

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi va shaxsan o‘zimning nomimdan barchangizni yurtimizning ezgu bayramlaridan biri – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklayman!

Bugungi kunda ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash jarayonlariga keng jalb qilish, kasbiy saviyasini yuksaltirishda ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir.

Ustozlarimiz o‘zlarining ko‘p yillik xizmat jarayonida to‘plagan, hayot sinovlaridan o‘tgan amaliy tajribalari, bilim va mahoratini yosh xodimlarga o‘rgatish orqali o‘z kasbi va ona Vataniga sodiq bo‘lib yetishishida, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarga kamarbasta bo‘lib kelishmoqda.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Sizlarga bu mashaqqatli, lekin sharafli kasbingizni ado etishingizda mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, yuksak zafarlar tilayman!


Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov 

Barcha yangiliklar

Text to speech