20 Mart 2023 Yil 1305

G'alaba bilan tabriklaymiz!

Joriy yilning 14-17 mart kunlari Navoiy viloyatida armrestling bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada mamlakatimizning barcha viloyatlaridan 300 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Musobaqada Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Mudofaa vazirliklari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari ishtirok etdi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimi ushbu nufuzli musobaqada shohsupaga ko‘tarilgani quvonarlidir. 100 kilogramm vazn toifasida Yashnobod tumani IIOFMB ekspert-kriminalistika bo‘limi mutaxassisi, katta leytenant Isroiljon Shokarimov bahslashdi. Murosasiz kurashda sportchi raqiblari ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, chempionatning oltin medali sohibiga aylandi va shu tariqa joriy yilning aprel oyida BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘llanma oldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan hamkasbimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Barcha yangiliklar

Text to speech