5 Aprel 2024 Yil 882

G‘alaba bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi o‘quvchilari respublika va xalqaro miqyosdagi turli sport musobaqalarida munosib ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, joriy yilning 29 mart kuni litsey o‘quvchilari "Barkamol avlod" sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichida sportning "Milliy kurash" turida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashdi.

Ulardan 55kg vaznda 104-guruh o‘quvchisi Muhammadiyev Og‘abek va qizlar orasida 52 kg vaznda 108-guruh o‘quvchisi Yuldasheva Samira oltin medal sohibi hamda 66 kg vaznda 209-guruh o‘quvchisi Akbarov Suhroblar kumush medal sohibi bo‘lishdi.

Sportchilarimizni tabriklaymiz! Ularga muvaffaqiyatlar va yangi shohsupalarni zabt etishligini tilab qolamiz. 


Barcha yangiliklar

Text to speech