Futbol bo‘yicha «Ichki ishlar vaziri kubogi” saralash bosqichi uchun musobaqalar davom etmoqda
Xorazm viloyati mezbonligi ostidagi musobaqaning saralash bosqichiga qura tashlandi. Unda Toshkent shahar IIBB jamoasi "C" guruhidan joy oldi. Bundan tashqari, ushbu guruhda Jazoni ijro etish departamenti, Xorazm, Andijon hamda Samarqand viloyat IIB terma jamoalari ham o'zaro bellashadi.
Hozirgi kunga qadar terma jamoamiz Andijon, Samarqand va Jazoni ijro etish departamenti jamoalariga qarshi kurash olib bordi hamda bitta mag'lubiyat va ikkita g'alaba bilan 6 ochko to'plab guruh bahslarida Andijon viloyati IIB terma jamoasi bilan peshqadamlar safida bormoqda.
Toshkent shahar IIBB jamoasiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.