10 Mart 2025 Yil 389

Futbol bo'yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” davom etmoqda

Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining uchinchi (chorak, yarim va final bahslari) bosqichiga start berildi.

Toshkent shahar IIBB o‘rin olgan “B-guruhi” dan IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV hamda Jizzax viloyati IIB terma jamoalari o‘zaro maydonda kuch sinashishi ma’lum bo‘ldi.

Toshkent shahar Ichki IIBB terma jamoasi 9-mart kuni Jizzax viloyati IIB terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 0:0 hisobi qayd etilgan bo'lsa, 10-mart kuni vakillarimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi hamda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Terma jamoamiz vakillari 11-mart kuni IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Vakillarimizga Toshkent shahar IIBBning shaxsiy tarkibi nomidan muvafaqiyat tilaymiz.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: