18 Avgust 2023 Yil 1586

Fuqaroning murojaati eʼtiborsiz qolmadi

Internet tarmog‘ida insonlarning taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqaroning murojaati tarqaldi. Tunda tasvirga olingan mazkur videoda poytaxtimizning Mirobod tumani hududida, ko‘chada tunab yurgan nomaʼlum ayol haqida xabar berilgan. Keksa ayol yaqinlarining eʼtiboridan chetda qolganligi uning tashqi ko‘rinishi va yurish-turishidan maʼlum edi. Mirobod tumani IIO FMB rahbariyati ushbu murojaatni o‘z nazoratiga oldi. Qisqa vaqt mobaynida ushbu ayol shu hududda yashovchi 85 yoshli Z.X. ekanligi aniqlanib, mahalla vakillari hamda tuman IIO FMB rahbariyati u yashayotgan xonadonga tashrif buyurishdi. Vaziyat o‘rganilgandan so‘ng, ayolga keyingi yordam va ko‘mak ko‘rsatish maqsadida, Mirobod tumani 3-sonli IIB boshlig‘iga vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, xodimlar tomonidan keksa ayolning yaqin qarindoshlari ham topilib, ularga uning ayanchli taqdiri haqida xabar berildi.

Toshkent shahar IIBB qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan insonning taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqaroga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Ana shunday insonlar tufayli jamiyatimiz yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ko‘mak berish kerakligini anglay boshlaydi.

Barcha yangiliklar

Text to speech