Fuqarolar bilan migratsiya qoidalari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi
“Migratsion profilaktika” oyligi doirasida Mirzo Ulugʻbek tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari tomonidan aholiga mehnat migratsiyasi qoidalari va qonuniy tartib-tamoyillari, xorijda mavjud ish imkoniyatlari va unga bog‘liq xavflar haqida keng tushuntirish ishlari olib borildi.
Fuqarolarga xorijda ishlashda duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, huquq va majburiyatlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar yetkazildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yoki mehnat nizolari yuzaga kelganda murojaat qilish tartibi tushuntirilib, fuqarolarga ushbu mavzuda eslatma bukletlar va flayerlar tarqatildi.