Fohishalik bilan shug‘ullangan shaxslar javobgarlikka tortildi
Toshkent shahar IIBB tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida muntazam ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jamiyatimizdagi salbiy illatlardan biri fohishaxona saqlash va fohishalik bilan shug‘ullanish holatlariga qarshi kurashish maqsadida xodimlar tomonidan tezkor-profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan olib borilmoqda.
Natijada, joriy yilning uch oyi davomida Toshkent shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan 1 068 nafar shaxslar aniqlangan bo‘lib, ma’muriy tartibda javobgarlikka tortilgan. O‘rganishlar jarayonida aniqlanishicha, javobgarlikka tortilganlarning 92,8 foizi (992 nafar) viloyatlardan kelib, bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan.
Bundan tashqari, joriy yilning uch oyi davomida qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 209 ta holat aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Hurmatli fuqarolar, agar siz poytaxtimizda fohishalik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar haqida yoki fohishaxona saqlash holatlari yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lsangiz 102 raqami orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, fohishalik bilan shug‘ullanish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasiga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik deb baholanadi va bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash O‘zbekiston Respublikasining 131-moddasiga asosan jinoyat sifatida malakalanadi va sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.