29 Mart 2024 Yil 1458

Firibgarlikning yangi turidan ogoh bo‘ling!

So‘nggi kunlarda Toshkent shahri hududida, fuqarolarga telefon orqali o‘zini “tergovchi” deb tanishtirib, ularga farzandi yo‘l-transport hodisasi sodir etganligini aytib, aldov yo‘li bilan pullarini o‘zlashtirganlik holatlari aniqlanmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Agar sizlarga nomaʼlum shaxslar qo‘ng‘iroq qilib, yaqin qarindoshingiz avtohalokat yoki boshqa noxush hodisaga sababchi bo‘lganligini aytib, aldov yo‘li bilan pul talab qilsa, ishonmang, zudlik bilan yaqin atrofdagi ichki ishlar idorasiga yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Ogoh bo‘ling! Firibgarlar nayrangiga uchmang!



Barcha yangiliklar

Text to speech