23 Iyul 2024 Yil 1219

Firibgarlik holati yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Ishonchni suiiste'mol qilish, firibgarlikning keng tarqalgan usuli. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, jabrlanuvchi odatda aldov yoki ishonch munosabatlari ta'sirida firibgarga pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda berib yuboradi.

Bektemir tumani IIO FMBga 40 yoshli Anvar Sh. murojaat qilib, 47 yoshli Umidjon M. va 42 yoshli Akromjon Y.lar 2018 yil yanvar oyidan, 2023 yil  noyabr oyida qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, unga tegishli banan mahsulotini qimmat narxda sotib berishini va'da qilganliklarini bayon etgan. Biroq Umidjon va Akromjonlar tadbirkorning ishonchini suiiste'mol qilgan holda undan jami 8.638.265.000 so‘mlik mahsulotni olib, keyinchalik sotib yuborgan holda va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Ogoh bo‘ling, mahsulotingizni qimmat narxlarda sotib berishda yordam taklif qilayotgan firibgarlarning va'dalariga ishonib qolmang.

Barcha yangiliklar

Text to speech