Firibgarlik holati yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Mirobod tumani IIO FMBga 31 yoshli Farid P. murojaat qilib, 33 yoshli Jahongir E. 2023 yilning noyabr oyida, unga tegishli profnastil mahsulotini qimmat narxda sotib berishini vaʼda qilganligini bayon etgan. Biroq Jahongir Faridning ishonchini suiisteʼmol qilgan holda undan jami 102.000.000 so‘mlik mahsulotni olib, keyinchalik sotib yuborgan holda vaʼdasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Ogoh bo‘ling, mahsulotingizni qimmat narxlarda sotib berishda yordam taklif qilayotgan firibgarlarning vaʼdalariga ishonib qolmang.