Firibgarlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent shahar IIBB tomonidan firibgarlarning aldovlariga ishonib qolmaslikni, og‘zaki kelishuvlarni notarial tasdiqlamasdan turib pul o‘tkazishga shoshilmaslik kerakligi to‘g‘risida ko‘p bora ogohlantiriladi. Lekin shunga qaramay, ayrim fuqarolar quruq vaʼdalarga ishonib, oxir-oqibat firibgarlar qurboniga aylanishmoqda.
Masalan, Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2023 yil 6 oktyabr kuni 32 yoshli Mirvali N. 42 yoshli Zuxritdin N.ning ishonchiga kirib, unga “Range Rover Autobiography" rusumli avtomobilni olib berishini vaʼda qilib, 255 ming AQSH dollari pullarni olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hurmatli fuqarolar! avtomobillarni sotib olish yoki sotishda firibgarlik tuzog‘idan ehtiyot bo‘ling! Oldi-sotdi shartnomalarini faqat notarial tartibda rasmiylashtiring.