Firibgarlik bilan shug‘ullanib kelgan ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBga murojaat qiling
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (uy-joy va avtoulov oldi-sotdisi bilan bog‘liq firibgarlik, juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish orqali sodir etilgan) bilan qo‘zg‘atilgan, jinoyat ishi tergov qilinmoqda.
Mazkur jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan
1989 yilda tug‘ilgan Madraximov Murod Mamasadikovich
qidiruvdan ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, agar Siz ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-42-54, 71-206-44-73 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.