13 Mart 2024 Yil 1087

Finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘g‘il bolalar jamoalari aniqlandi

Voleybol bo‘yicha Toshkent shahar IIBB boshlig‘i kubogining 3-bosqichi JAR sport sog‘lomlashtirish majmuasida qizg‘in davom etmoqda.

Ikki kun mobaynida o‘tgan o‘yinlarda o‘g‘il bollar jamoasining chorak finalida g‘olib bo‘lgan quyidagi mahallalar yarim final g‘olibligini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bellashishdi:

“A” guruhidan Yunusobod tumanining Nurmakon mahallasi,

“В” guruhidan Yangihayot tumanining Fayizli mahallasi,

“С” guruhidan Uchtepa tumanining Shirin mahallasi

“D” guruhidan Mirzo Ulug‘bek tumanining Al-Farobiy mahallasi.  

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqaning yarim finalida Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining jamoalari o‘zaro bellashib, 0-2 hisobida Mirzo Ulug‘bek tumanining Al-Farobiy mahallasi g‘olib bo‘ldi.

Yangihayot va Uchtepa tumanlarining o‘zaro bellashuvida 2-1 hisobida Yangihayot tumanining Fayizli mahallasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Endilikda Yunusobod va Uchtepa tumanlarining jamoalari 3 va 4-o‘rinlar uchun o‘zaro bellashsa, Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumani jamoalari 1 va 2-o‘rin uchun o‘zaro kurash olib boradi.

Siz ham o‘z jamoangizga muxlislik qilib, ularni qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, bugun JAR sport sog‘lomlashtirish majmuasiga tashrif buyurishingiz mumkin.



Barcha yangiliklar

Text to speech