28 Yanvar 2025 Yil 2460

Farzandingiz yoki boshqa yaqinlaringiz psixofaol moddalarni sotuvchi (zakladkachi) siga aylanib qolganligini qanday bilib olish mumkin?

Uzoq yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday jinoyatni oshkor qiluvchi belgilari mavjud. “Zakladchik”lar tomonidan o‘z jinoiy faoliyatining usul va taktikalarini o‘zgartirishlariga qaramasdan, ularni oshkor qiluvchi quyidagi belgilar mavjud:

— yonida besabab katta miqdorda pullar paydo bo‘lib qolishi;
— boshqa shaxslar nomiga ochilgan bank kartalarining paydo bo‘lishi;
— yurish-turishda birdan o‘zgarishlar (qimmatbaho buyumlar, yangi rusumli telefon, qimmatbaho kiyimlar);
— telefonda rasmlarga koordinatalarni tushirish imkonini beruvchi maxsus ilovalar (“ViPole”, “Jabber”, “Wechat”, “Signal”) o‘rnatilganligi;
— shaxsiy buyumlari ichida ko‘p hollarda izolenta, skotch va kichik paketlar bo‘lishi;
— telefonida turli chekka joylarning lokatsiyalari bo‘lishi;
— har qanday aniqlashtiruvchi savollarga qo‘rquvni paydo bo‘lishi (kecha qaerda eding, buncha pulni qaerdan olding kabi);
— ijaraga avtomashina olish holatlarining muntazam kuzatilishi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlarning barchasi dastlabki belgilar bo‘lib, ularni qayta tekshirish lozim. Shu bilan birga, 70-80 foiz holatlarda psixofaol moddalarni tashuvchilarning o‘zi ham uni suiiste'mol qiladi. Shu bois, suiiste'mol qiluvchi shaxslar bilan tashqi belgilari deyarli o‘xshash bo‘ladi.

© O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi

Barcha yangiliklar

Text to speech