8-dekabr – Oʻzbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Huquqiy davlatning asosiy ustuni – qonun ustuvorligidir. Bunda har bir davlatning Konstitutsiyasi asos boʻlib xizmat qiladi. Xususan, mamlakatimiz Konstitutsiyasida inson huquqlari kafolati yanada mustahkamlangan. Asosiy qonunning 10-bobida inson hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari kafotlatlari toʻgʻrisida bayon qilingan boʻlsa, 11-bobida fuqarolarning burchlari belgilab berilgan. Shuningdek, Qomusimizning 26-moddasida “Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos boʻlishi mumkin emas” deyilgan.
Aytish joizki, Bosh qomusimizni oʻrganish, uning soʻzsiz amalga oshishini taʼminlash ichki ishlar organlari xodimlarining eng birinchi galdagi vazifasidir. Shunday ekan, erkin, demokratik va huquqiy davlat barpo etish oliy burchimiz boʻlishi lozim.
Rustam HAMDAMOV,
Sergeli tumani IIOFMB Jismoniy va jangovar tayyorgarlik guruhi katta mutaxassis-instruktori, leytenant.