14 Iyun 2025 Yil 405

Ezgu ishga oshiqib

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 2005 yilda taʼsis etilgan donorlar kuni har yili 14 iyundan o‘tkazib kelinadi. Quvonarlisi, ushbu tadbir qisqa vaqt ichida yurtimiz bo‘ylab keng quloch yozib vazirliklar, idoralar, keng jamoatchilik vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ijtimoiy yordamga muhtojlarga yordam ko‘rsatish, mehr-muruvvat namunalarini namoyon etish xalqimizga xos xususiyat. Mamlakatimizda xalqimiz manfaatlarini himoya qilish, farovonligini taʼminlash hamda sog‘liq-salomatligini asrash har narsadan ustunligi maʼlum. Ichki ishlar organlari xususan, poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi tarkibiy tuzilmalari, hududiy bo‘linmalari tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash, beg‘araz yordam muhitini kuchaytirish, bolalar salomatligini muhofaza etish maqsadida uyushtiriladigan har qanday tadbirlarga xayrixoh. Jumladan, Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida o‘tayotgan beg‘araz donorlik aksiyasiga tezkorlik bilan munosabat bildirib, o‘z insoniylik burchini bajarishga oshiqdilar. Poytaxt Bosh boshqarma xodimlari donorlik aksiyasida faol ishtirok etishib, ushbu ezgu maqsadga yo‘g‘rilgan tadbirga o‘z munosib hissalarini qo‘shganidan, kimgadir, kimningdir farzandiga yordam berolganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech