Toshkent shahar IIBB tomonidan poytaxt ichki ishlar organlarining shonli tarixini muhrlash maqsadida tarixiy maʼlumotlar (foto, video, audio va boshqalar) to‘planmoqda. Maqsad ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil etish, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, xodimlar ongida Vatan taqdiri hamda kelajagi uchun daxldorlik tuyg‘ularini yana-da mustahkamlashga qaratilgan. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Toshkent shahar IIBBda muvofiqlashtiruvchi ishchi komissiya faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuning uchun Sizning ichki ishlar organlaridagi faoliyatingizga aloqador maʼlumotlarni (qaytarib berish sharti bilan) hududiy ichki ishlar organlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼul rahbarlar orqali yuborishingizni (qisqacha izoh va sharhlari bilan) so‘raymiz.