EʼLON. Xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qilinadi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son hamda 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-son qarorlari talablari asosida Patrul-post xizmatining alohida xizmatlari uchun safdorlik lavozimlariga (faqat erkaklar) tanlov eʼlon qiladi. (tanlov raqami ID-279)
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; — Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash bo‘yicha ro‘yxatda bo‘lishi; — oliy maʼlumotga ega bo‘lishi (IIV Akademik litseylari va harbiy akademik litseyi bitiruvchilari bundan mustasno); — yoshi 30 dan oshmagan bo‘lishi; — bo‘yi 175 sm va undan yuqori bo‘lishi; — nomzodlar Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar 2025 yilning 24 oktyabr kuniga qadar kb.iiv.uz sayti orqali ro‘yhatdan o‘tishlari talab etiladi.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar hamda shartlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlarni kb.iiv.uz sayt orqali tanishib olishingiz mumkin.