Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post xizmatida mavjud bo‘sh safdorlik lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarori talablariga muvofiq ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan erkak nomzodlar uchun tanlov e'lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan (erkak) shaxslar 2023 yilning 16-18 avgust kunlari soat 09:00dan 18:00gacha Bosh boshqarma Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markaziga quyidagi hujjatlar bilan murojaat etishlari mumkin:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti (ID karta);
2. Harbiy guvohnoma;
3. Oliy ma'lumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom) yoki oliy ta'lim muassasasida sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotganligi haqida ma'lumotnoma yohud profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisining ruxsatnomasi.
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
— oliy ma'lumotli ega yoxud oliy ta'lim muassasalarida sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan bo‘lishi;
— idoraviy (IIVning) akademik liseylar, harbiy-akademik liseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga o‘rta, o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘lishi;
— yoshi 30 dan oshmagan bo‘lishi;
— bo‘yi 170 sm va undan yuqori bo‘lishi;
— nomzodlar Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi lozim.
Belgilangan muddatdan (16-18 avgust) oldin yoki keyin murojaat etgan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi.
Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 7-uy.