18 Fevral 2024 Yil 173

E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyi quyidagi fanlardan malakali pedagoglarni tanlov asosida ishga qabul qiladi:

1. Ingliz tili fani o‘qituvchisi (S1 sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek va rus guruhlari uchun).

2. Informatika fani o‘qituvchisi (o‘zbek va rus guruhlari uchun).

3. Tarix fani (tarbiya, ma’naviyat asoslari fanlaridan tegishli diplom yoki sertifikatga ega bo‘lgan) o‘qituvchisi (o‘zbek va rus guruhlari uchun).

4. Tarix fani o‘qituvchisi (o‘zbek va rus guruhlari uchun).

5. Fizika fani o‘qituvchisi (o‘zbek va rus guruhlari uchun).

6. Huquq fani o‘qituvchisi (yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan, o‘zbek va rus guruhlari uchun).

Tanlovda: umumta’lim fanlari bo‘yicha pedagog lavozimini egallash uchun fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi (ilmiy unvoni)ga bo‘lgan, pedagogik mutaxassislik bo‘yicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega mutaxassislar;

umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha pedagog lavozim uchun ta’lim muassasasi yo‘nalishi va ixtisosliklariga mos keladigan fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga, shuningdek, magistr darajasiga yoxud kamida uch yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan bakalavr darajasiga ega mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi  466-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida o‘tkaziladi. 

Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-6 dahasi, Gyote ko‘chasi 54-uy. 

Mo‘ljal: Toshkent viloyati IIBB YHHB.

Murojaat uchun telefonlar: +99895-340-47-17, 71-266-37-66

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyi

Barcha yangiliklar

Text to speech