16 Sentyabr 2025 Yil 530

Yoshlik – istiqbolni yaratish uchun berilgan muhlat

Mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan profilaktik ishlar ko‘lami barcha mahallalar, korxona-tashkilot, bilim dargohlarini qamragan holda o‘tkazib kelinmoqda. Shunday tadbirlarning navbatdagisi Yakkasaroy tumani IIO FMB rahbariyati va boshqa mas’ullar ishtirokida Toshkent Menejment va iqtisodiyot institutida o‘tkazildi.


Tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sanjar Qosimov yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatsiz yurgan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalariga oid yangi qabul qilingan qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirdi. Shuningdek, ma’ruzachilar “Xavfsiz kibermakon” oyligi va giyohvandlikka qarshi kurash tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, kiberjinoyatchilik va uning turlari, mazkur jinoyatlarga oid kuzatilayotgan holatlar, ularning jamiyat, inson, ayniqsa yoshlar hayotiga salbiy ta’siri haqida so‘z yuritdilar.


Ijtimoiy tarmoqlar orqali narkotik va psixotrop moddalar iste’molini reklama qilish, tarqatish, yetkazish, sotishga undovchi havolalardan ehtiyot bo‘lish, ularga qarshi kurashish, himoyalanish vositalari haqida muhim tavsiyalar berildi. Shu bilan birga talabalar yoshlik, talabalik davrini bilim olishga, kasb egallashga, ezgu, xayrli ishlarga bag‘ishlashga, o‘z istiqbollariga zamin yaratishga chaqirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech