25 Sentyabr 2025 Yil 330

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik Otabek Jamolov O‘zbekiston Davlat Konservatoriya talabalari va Botir Zokirov nomidagi Milliy Estrada san’ati instituti talabalari bilan "Xavfsiz va sog‘lom dargoh" shiori ostida davra suhbati o‘tkazdi. Unda talaba-yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop dori vositalari tarqalishining oldini olish, kiberjinoyatlar qurboniga aylanmaslik uchun nimalarga rioya qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Uchrashuvda talabalar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik va uning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirishga e’tibor qaratildi. Shuningdek talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan tuman IIO FMB boshlig‘iga murojaat qilishdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan mazkur uchrashuvda talabalar ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech