16 Fevral 2024 Yil 1419

Ekspert-kriminalistlar litsey o‘quvchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi o‘quvchilari uchun poytaxt IIBB sohaviy bo‘linmalar xodimlari bilan muntazam ravishda uchrashuv va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Yaqinda litsey o‘quvchilari IIBB EKM xodimlari bilan uchrashdi.

Malakali mutaxassislar ichki ishlar organlarida ekspertlarning jinoyatlarni fosh etishda tutgan o‘rni, "issiq izi"dan ochish uchun kechiktirib bo‘lmas tezkor va tergov harakatlari doirasida foydalaniladigan kriminalistik jihozlarning xususiyatlari, ulardan foydalanish asoslari, taktik hamda texnik xususiyatlari to‘g‘risida atroflicha maʼlumot berishdi.

Tadbir doirasida sohada qo‘llanadigan asbob-anjomlar, zamonaviy qurilmalar va kompyuter dasturlari ko‘rgazma tarzida namoyish qilindi. Uchrashuvda litsey o‘quvchilariga hodisa joylarini ko‘zdan kechirish uchun zarur bo‘lgan eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan ko‘chma ekspert-kriminalistika laboratoriyasi namoyish etildi.


Barcha yangiliklar

Text to speech