20 Mart 2024 Yil 719

Ekologik toza transport turlariga ustunlik!

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Maʼlumki, so‘nggi paytlarda jamoat transportidan, xususan, metrodan foydalanish tobora ommalashib bormoqda. Ko‘pchiligingiz velosipedda metro va jamoat transporti bekatlariga borish hamda u yerdan boshqa transportda asosiy manzilingizga yetib borishni qulay yechim deb hisoblaysiz. Ammo velosipedni qayerga tashlab ketish kerak? Har qanday qarovsiz joylarga velosipedni tashlab ketish, ularni o‘g‘irlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Aholiga qulaylik yaratish va velosipedlarini xavfsiz joyga tashlab ketishlari uchun Sergeli tumani Sergeli-2 dahasi, Nilufar mahallasidagi 221-sonli tayanch punktida maxsus joy tashkil etilganligini maʼlum qilamiz. 

Barcha yangiliklar

Text to speech