6 Noyabr 2025 Yil 449

Diqqat markazida: ayol xodimalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar IIBB da Bosh boshqarma apparati hamda hududiy tuzilmalarida xizmat qilayotgan yosh xotin-qizlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bosh inspektori, podpolkovnik Idaliya Minixanova yosh xodimalarning xizmatga moslashuvi jarayonida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida ularning ma’naviy-axloqiy, ishchanlik va kasbiy sifatlarini yuksaltirish, xizmat ko‘nikmalari shakllanishida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan treninglar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani, xotin-qizlarning faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilganligi, ularning og‘irini yengil qilish, huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida so‘nggi yillarda qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilinganligi, shuningdek, xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga to‘xtaldi.


Shuningdek, poytaxt ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan ijtimoiy-huquqiy faoliyatni va madaniy tadbirlarni samarali amalga oshirish, sog‘lom turmush tarziga, tartib-intizomga, qonunchilikka amal qilish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinayotgani ta’kidlandi.


Shuningdek, IIBB Psixologik ta’minlash guruhi katta psixolog-poligrafologi, katta leytenant N.Ibodullayeva va Yakkasaroy tumani IIO FMB Psixologik ta’minlash guruhi katta psixologi, kapitan S.Kadirovalar tomonidan yig‘ilganlar bilan seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi. Ular tomonidan fuqarolar bilan muloqotga kirishish, jinoyatlarni oldini olishda jinoyatchi shaxslarning psixologiyasi bo‘yicha tushuntirishlar, ruhiy-hissiy texnikalarni qo‘llash va foydalanish bo‘yicha tavsiya va takliflar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech