20 Mart 2024 Yil 728

Dillarda Vatan madhi

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “2024 yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni o‘zi qiziqqan mashg‘ulotlarga jalb qilish, sanʼat va sheʼriyatga qiziqtirish maqsadida joylarda qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, yangilanish va yasharish timsoli bo‘lgan Navro‘z bayrami arafasida Uchtepa tumani hududida yashovchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida "Dillarda Vatan madhi" shiori ostida ko‘rik-tanlovining Uchtepa tumani bosqichi yakunlandi.

Tanlovda jami 132 nafar yoshlar qatnashib, o‘zlarining mahoratlari va isteʼdodlarini namoyon qilishdi.

Murosasiz o‘tgan ko‘rik-tanlovda “Qo‘shiqchilik yo‘nalishi”da Umarqulov Azizbek, “Sheʼriyat yo‘nalishi”da Mamasoliyeva Sevinchlar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Ko‘rik tanlov g‘oliblari tuman IIO FMB rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Shunday tadbir Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida ham o‘tkazildi. Talaba-yoshlar Vatan madhini yod etuvchi ijod namunalari bilan faol ishtirok etishdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, “Qo‘shiqchilik yo‘nalishi” bo‘yicha "Muhandislik texnologiyalari fakulteti" talabasi Suyunov Sobirjon Anvar o‘g‘li g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Sheʼriyat yo‘nalishi” bo‘yicha esa shu fakultetning yana bir talabasi - Hamidullayev Fathulla Lutfulla o‘g‘li g‘olib bo‘ldi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech