Joriy yilning 20-21-sentyabr kunlari “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi oyligi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi barcha o‘quvchilar va talabalar yotoqxonalarida “Yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida FVV tomonidan kunduzgi va tungi vaqtlarda maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Hurmatli fuqarolar ushbu o‘quv mashqlarida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolar, bloger va ijtimoiy tarmoq administratorlaridan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida, mazkur o‘quv mashqlarini o‘tkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma'lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qoladi.