26 Avgust 2024 Yil 2696

Davlat mukofoti bilan tabriklaymiz!

“Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chogʻida mardlik, jasorat va fidoyilik koʻrsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi koʻp yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:


“Mardlik” ordeni bilan


Alikariyev Murodilla Saydullayevich - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari


“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan


Goncharov Aleksey Sergeyevich -Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya boʻlinmasi kichik inspektor-kinologi


Yuksak mukofot bilan hamkasblarimizni butun shaxsiy tarkib nomidan tabriklaymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech