Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
Davlatimiz rahbarining 1-sonli qarori ijrosi hamda dolzarb 20 kunlik tadbiri doirasida tumanimizda yashovchi probatsiya nazorati ostida turuvchi yoshlarning 33 nafarini muammolari o‘rganilib tuman Hokimligi, tadbirkor va tuman IIO FMB boshlig‘ining uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir keng qamrovli tarzda o‘tkazilib, tadbir davomida muloqotlardan tashqari, probatsiya ro‘yxatidagi tumandoshlarimizning murojaatlari ham o‘rganildi. Shu bilan birga ularning muammolari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida tadbirkorlik istagini bildirgan nazorat ostidagi shaxslarga tegishli tavsiyalar berildi.