17 Fevral 2026 Yil 438

Chilonzor tumani maktablarida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Tuman maktablarida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va boshqa zararli odatlarning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish maqsadida giyohvandlikka qarshi yo‘naltirilgan videoroliklar namoyish yetildi.

Mazkur videoroliklarda giyohvandlikning inson salomatligiga, jamiyat va kelajakka yetkazadigan jiddiy zararlari, ushbu illatning oldini olish choralari hamda sog‘lom hayot kechirishning ahamiyati atroflicha yoritib berildi. Tadbir davomida o‘quvchilarning mavzu yuzasidan bilim va tushunchalari yana-da mustahkamlanib, ularni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chaqirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning kelajagini asrash va jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech