5 Oktyabr 2024 Yil 758

Chilonzor tumani 3-sektor rahbarining navbatdagi fuqarolar sayyor qabuli

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Sayyor qabulxonalar tizimi aholi ehtiyojini qondirish, joylarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan.


Toshkent shahar tumanlarida sektor rahbarlari tomonidan muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinadi.


Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida ichki ishlar organlari hamda 3-sektor faoliyatiga oid murojaatlar Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik Neʼmat Haydarov tomonidan ko‘rib chiqildi.


Kuni kecha sektor hududida konstruktiv muloqot ruhida o‘tgan qabulda uy-joy kommunal muammolari, bandlik, ijtimoiy yordam olish, tibbiy yordam olish, oliy o‘quv yurtida kontrakt to‘lash kabi masalalar ko‘tarildi. Tadbir davomida murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishga muhtoj bo‘lganlar nazoratga olindi.


Masalan, “Qatortol” mahallasida istiqomat qiluvchi Olesya K. istiqomat qilayotgan xonadonda tom qismidan suv o‘tayotganligini bildirib, taʼmirlashda yordam so‘radi. Uning murojaatiga asosan ko‘p qavatli uyning tom qismi boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan taʼmirlab berildi. “Beshchinor” MFYda istiqomat qiluvchi Abduvosiq A. istiqomat qilayotgan ko‘p qavatli uyning oldida qurigan daraxtlarni butalash hamda dezinfeksiya ishlari bo‘yicha murojaat qildi. Tegishli tashkilotlar yordamida uning murojaati joyida ijobiy hal etildi.


Sentyabr oyi davomida Chilonzor tumani 3-sektor rahbari tomonidan mahallalarda 5 marotaba sayyor qabul o‘tkazildi, ushbu qabullarda 33 nafar fuqarolar qatnashib 35 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan 25 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lib, qolganlarini hal etish uchun muddat belgilandi.


Bu kabi qabullar, tuman hududida muntazam ravishda olib borilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech