25 Noyabr 2023 Yil 1494

Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tarbiyalanuvchilari uchun qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etildi

Markaz xodimlari boshqa mutasaddi idora va tashkilotlar bilan doimiy ravishda hamkorlik qilib, taqdir taqozosi bilan ushbu muassasaga kelib qolgan bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatib keladi. Shu kunlarda Milliy ijtimoiy himoya agentligining bolalarni himoya qilish bo‘yicha ekspert maslahatchilari markazdagi bolalar uchun art-terapiya mashg‘ulotini o‘tkazdi. O‘smirlar oq qog‘ozga daraxt chizi, har bir shoxga o‘z xohish va iltimoslarini yozdilar. Bu kabi terapiyadan so‘ng o‘smirlarning kayfiyatlari ko‘tarilib, hayot go‘zalliklarini ko‘proq anglaydilar.


Shuningdek, Markaz tarbiyalanuvchilari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun hayvonot bog‘iga sayohat uyushtirildi


Bolalar hayvonot bog‘idagi yovvoyi hayvonlarni tomosha qilib, ular haqida qo‘shimcha maʼlumotlar olishdi. Hayvonot bog‘i mutaxassislari hayvonlarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida qiziqarli hikoyalar aytib berishdi. Bolalarning hayvonot olami haqidagi bilimlari yangi faktlar bilan boyitildi, atrofdagi dunyoning xilma-xilligi va ko‘p qirraliligi haqidagi tushunchalari kengaydi, ular uchun bu hayajonli va tarbiyaviy voqea bo‘ldi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: