29 Noyabr 2023 Yil 966

Bu mening uyim, mahallam, vatanim

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Habib Abdullayev nomli mahallada mavjud 38 ta ko‘p qavatli uylarda 4 ming 400 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Tumandagi mas’ul rahbarlar, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nodir Nurulloyev, hokim yordamchisi Azizbek Ro‘ziyev, yoshlar yetakchisi Samariddin Yusupov, xotin-qizlar faoli Zulfiya Abdunazarova, profilaktika inspektorlari hamda aholining hamjihatligi bois hududning manzarasi tubdan o‘zgardi. Bunday ijobiy o‘zgarishlarga hamohang tarzda mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashda profilaktika inspektorlari – kapitan Jasur Alimov va leytenant Shohrux Mamadaliyevning sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlash joiz.

Aholining mazmunli hordiq chiqa­rishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, otalar choyxonasi, amfiteatr, «Wi-Fi» hudud barpo etildi, ichki yo‘llar va bolalar maydonchalari ta’mirlanib, ko‘rkam holatga keltirildi. Bundan tashqari, ayni payt­da mahalla guzari va ichki ishlar organlari tayanch punkti ham zamonaviy tarzda qayta bunyod etilayotgani quvonchli holdir. 

Hududda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash maq­sadida 31 ta zamonaviy kamera o‘rnatilgan. Shundan 8 tasi «aqlli kamera» hisoblanadi.

– Yaqinda Prezidentimiz mahallamizga tashrif buyurganlarida, 

uning yanada obod va ko‘rkam bo‘lishi uchun qimmatli tavsiyalarini berdilar, – deydi Safar ota 

Yusupov. – Davlatimiz rahbari energiyani tejash, xonadonlardagi issiqlikni asrash, har bir insonda bunga daxldorlikni shakl­lantirish zarurligini ta’kidlarkan, fuqarola­rimiz «bu mening uyim, mening mahallam, mening tumanim, mening Vatanim» deb yashasa, natija biz kutgandek bo‘ladi, dedilar.


O‘z muxbirimiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech