7 Yanvar 2023 Yil 747

Poytaxt bozorlaridagi vaziyat masʼullar tomonidan o‘rganilmoqda

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, prokuratura rahbarlari, tuman hokimi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, soliq boshqarmasi va boshqa masʼul tashkilotlar rahbarlari boshchiligidagi ishchi guruh poytaxtimiz hududida joylashgan bozorlar va yirik savdo majmualaridagi vaziyatni o‘rganmoqda.

Jumladan, ishchi guruh tomonidan Bektemir hamda Chilonzor tumanlarida joylashgan bozorlar o‘rganilib, elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib olgan, ajratilgan joydan tashqarida noqonuniy savdo qilayotgan, narxlarni sunʼiy ravishda oshirishga yo‘l qo‘yayotgan tadbirkorlar aniqlanib, kamchiliklar joyida bartaraf etildi. Shuningdek, ishchi guruh tomonidan yaqinlashayotgan anomal sovuqda ehtiyot chorasini ko‘rish, is gazidan zaharlanishni oldini olish, elektr tarmoqlaridagi nosozliklarni sozlash, yong‘in xavfsizligiga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Hurmatli fuqarolar! Elektr tarmoqlaridan va boshqa isitish moslamalaridan foydalanayotganingizda ehtiyot choralariga rioya etishingizni, nosoz moslamalardan, yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan jihozlardan foydalanmasligingizni so‘raymiz!

Barcha yangiliklar

Text to speech