18 Mart 2025 Yil 207

Bo‘sh kelmang, yigitlar!

Kundan kunga “kibersport” tushunchasi dunyoda ommalashib bormoqda va uning muxlislari millionlarni qamragan. Ma'lumotlarga ko‘ra ayni damda kibersport bo‘yicha jahon auditoriyasi bir necha yuzlab milliondan oshgan bo‘lib, ayrim turlari bo‘yicha mukofot jamg‘armasi millionlab AQSh dollarini tashkil etadi. Kibersport o‘zi nima? Bu virtual makonda videomusobaqa bo‘lib, insonlar yoki jamoalar o‘rtasida teng sharoitlarda kurashishni bildiradi. U elektron sport ham deyiladi. Yurtimizda ham sportning bu turini rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid Respublikamiz Prezidentining qarori qabul qilingan. Qaror asnosida Toshkent shahar IIBBning farmoyishi ishlab chiqilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad – Toshkent shahar ichki ishlar organlarining iqtidorli va iste'dodli yosh xodimlarini aniqlash, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish orqali ularning ijodiy, kasbiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishiga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish. Kuni kecha poytaxt ichki ishlar organlari tizimlaridagi yosh xodimlar o‘rtasida kibersportning “Counter strike 1.6” turi bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi. Unda har bir jamoada 5 kishidan iborat 34 ta jamoani tashkil etgan 170 nafar xodimlar ishtirok etishdi. Qizg‘in va shiddatli kechgan bahslarda Sergeli tumani IIO FMB jamoasi faxrli 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB o‘yinchilari 2- o‘ringa loyiq topildi. G‘oliblik Yashnobod tumani IIO FMB jamoasiga nasib etib, jamoa Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga tantanali ravishda Bosh boshqarmaning tegishli diplom va pul mukofotlari topshirildi. G‘oliblarni g‘alaba bilan qutlab, ularga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat va bellashuvlarda yuksak zafarlar tilab qolamiz.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: