4 Mart 2025 Yil 581

Bolalarga baxtli bolalikni taʼminlaymiz

Bolalar – nihol. Qayga bursang, shu tomonga egiladi, qattiqroq egsang sinadi. Mehr-muhabbat, yaqinlari ardog‘ida o‘sgan farzand bilan kamsitish, xo‘rlik va zo‘ravonlik ostida ulg‘aygan farzandning farqi juda katta. Bolalarni salbiy muhitdan, tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash bo‘yicha respublikamizda ko‘plab tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Kuni kecha Toshkent shahrida bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, ishchi guruh rahbari O.Qozixonova, mazkur qo‘mitada doimiy asosda ishlovchi senator M.Kadirxanova, Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari L.Fayzimurodova, Oliy majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) kotibiyat sektor mudiri Z.Ergashev, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati katta inspektori, mayor J.Qutlimurodov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi bo‘lim boshlig‘i A.Bekpulatov, Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Xudayberganova, O‘zbekiston bolalar tashkiloti boshqaruv Kengashi raisi, Yoshlar parlament aʼzosi va Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi F. Anorboyevlardan iborat guruh poytaxt IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markaziga tashrif buyurishdi. Markaz boshlig‘i, podpolkovnik K.Zavkiyev hamda markaz psixologi K.Kasimovalar tashrif buyurgan ishchi guruh rahbar va aʼzolariga maskan faoliyati, kun tartibi, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berishdi. Maskan hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi slayd hamda bosqichli tadbirlar namoyish etildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishish barobarida ayrim tashkilotlar tomonidan bu borada yo‘l qo‘yilayotgan qator kamchilik va nuqsonlarga eʼtiborni qaratish orqali tanqidiy baho berdilar. Shuningdek, baxtli bolalikni taʼminlash, ularni tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishlaridan asrash va himoya qilishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar hamda masʼullar tomonidan tegishli taklif va tadbirlar ishlab chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: