25 Noyabr 2023 Yil 604

Bolalar ombudsmani Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tomonidan bolalar uchun muntazam ravishda qiziqarli uchrashuvlar tashkil etiladi. Shu kunlarda  Oliy Majlisning Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova markazga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchilar bilan uchrashdi. Bolalar ombudsmani o‘smirlarga ularning huquqlari, davlatimiz tomonidan ular uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida gapirib berdi. S.Rahmonova tashrif davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘smirlar bilan ularning sevimli mashg‘ulotlari va qiziqishlari haqida suhbatlashdi.


Shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari bolalar bilan uchrashib, davra suhbati o‘tkazdi. Qizg‘in o‘tgan davra suhbatida voyaga yetmaganlar o‘zlarining kelajakdagi orzulari va qiziqishlari bilan o‘rtoqlashishdi, mutaxassislar ularga tegishli tavsiyalar berishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech