21 Aprel 2025 Yil 737

Bosh boshqarmada “millionlar o‘yiniga” start berildi

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish aholi keng qatlamlarini jismonan va ruhan sog‘lomlashtirishda sportning rolini kuchaytirish, ommalashtirish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish ishlarida sportning o‘rni alohida. Ichki ishlar organlarida, xususan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tarkibiy tuzilmalari va xududiy bo‘limlari, Toshkent shahri bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘rtasida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha davriy ravishda tizimlararo musobaqalar o‘tkazib kelinishi fikrimizning isbotidir. Poytaxt IIBB hamda “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashi qarori asosida sportning futbol turiga start berildi. Unda Bosh boshqarma tizimidagi sohaviy xizmat xodimlaridan iborat 17 ta jamoalar bellashadi. Saralash o‘yinlaridan so‘ng chorak finalga yo‘l olgan jamoalar joriy yilning 28 aprelida o‘zaro kuch sinashishadi. Zafar quchgan jamoalar yarim finalda bellashish uchun 29-aprel kuni maydonga tushishadi. Unda g‘olib bo‘lganlar 1-may kuni 1, 2, 3-faxrli o‘rinlar uchun final o‘yinlarida ishtirok etadi. Musobaqa g‘oliblarini qimmatbaho sovg‘alar, kuboklar, medallar va faxriy yorliqlar kutmoqda. Bahslar qizg‘in va shiddatli bo‘lishi, futbol muxlislarining zavqi va olqishlariga sazovor bo‘lishi, shubhasiz. Barcha jamoalarga zafar va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech