21 Fevral 2025 Yil 862

Birlashgan o‘zar ...

Poytaxtimiz mahallalarida tinchlik-osoyishtalikni saqlash, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik dolzarb vazifalardan biridir. Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, ayrim oilalarning farzand tarbiyasiga loqaydligi, beparvoligi sabab afsuski, ba'zan ko‘ngilsiz voqealar qayd etilmoqda. Joriy yilning yanvar' oyida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash yo‘li bilan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori bu kabi jinoyat va huquqbuzarliklarga munosib to‘siq qo‘yishda ayni muddao bo‘lgani e'tirofga loyiq. Bugungi kunda mahalla yettiligi, faollari ishtirokida sodir etilayotgan noxush xatti-harakatlarni keng jamoatchilik bilan muhokama etish o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Kuni kecha poytaxtimizning Mirobod tumani “Ziyonur” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xuddi shunday qilmishga – mahallada sodir etilgan bezorilik jinoyatiga keng jamoatchilik tanqidiy munosabat bildirdi. Unda qatnashgan Toshkent shahar IIBB va tuman IIO FMB rahbariyati, profilaktika inspektorlari, mahalla yettiligi, faollari va mas'ullar, mahalla ahli voqea bo‘yicha o‘z mulohazalari, taklif va tavsiyalari bilan bo‘lishdilar. Muhokama so‘ngida Prezidentimiz qarorida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, uning ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi va mas'ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek, mahalla ahlining farzandlar tarbiyasiga e'tibor berish, “bir bolaga yetti mahalla ota-ona” iborasiga amal qilish, hushyorlik va ogohlikni oshirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini shakllantirishga urg‘u berilishi ta'kidlandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech